Back to blog

Sunday, July 20, 2025

Mikroxizmatlar (Microservices) nima va nima uchun kerak?

cover

Microservices nima?

Microservices — bu dasturiy tizimlarni kichik, mustaqil va o‘zaro bog‘liq xizmatlarga ajratish arxitektura uslubidir. Har bir xizmat aniq biznes vazifasini bajaradi: foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tkazish, to‘lovni amalga oshirish yoki email yuborish kabi.

Ular mustaqil tarzda ishlaydi ishlab chiqiladi deploy qilinadi va kerakli hollarda alohida masshtablash mumkin bo‘ladi.


Monolit va Microservices farqi

Monolit — butun tizim bitta ilova ichida ishlaydi. Bir qismdagi o‘zgarish butun ilovaga ta’sir qiladi.

Microservices — tizim kichik alohida ishlovchi servislar to‘plamidan iborat. Har bir servis o‘zining ma’lumotlar bazasiga va logikasiga ega bo‘ladi.


Monolitdan Microservices ga

Ananaviy monolit ilovalarda barcha funksiyalar bitta kod bazasida jamlangan boladi. Bu dastlab soddalik beradi lekin tizim kattalashgani sari quyidagi muammolar paydo boladi:

  • Kichik o‘zgarishlar butun tizimni qayta joylashtirishni talab qiladi
  • Kod bazasi murakkab va boshqarilishi qiyin bo‘ladi
  • Bir jamoa hamma funksiya uchun mas’ul bo‘ladi
  • Skalalash (masalan, faqat auth xizmatini) juda qiyin

Microservices ushbu muammolarning oldini olish uchun paydo bo‘lgan. Ular yordamida har bir xizmat mustaqil yashaydi.


Microservicesning asosiy afzalliklari

  • Mustaqillik — har bir xizmat o‘ziga xos va boshqalardan ajratilgan
  • Xizmatlararo aloqa – REST, gRPC yoki asinxron (Kafka, RabbitMQ)
  • Masshtablash oson (Scalability) — kerakli xizmatlargina alohida ko‘paytiriladi
  • Tez ishlab chiqish — har bir jamoa o‘z xizmatini mustaqil ishlaydi
  • Texnologik erkinlik — bir servis Python’da boshqasi Go’da bo‘lishi mumkin
  • Qisqartirilgan xatolik sohasi — bitta xizmatda xato bo‘lsa boshqalar ishlashda davom etadi
  • DevOps va CI/CD’ga mos — Har bir xizmatni mustaqil tarzda testlab joylashtirish mumkin.

Microservices qachon kerak?

  • Tizim katta va murakkab bo‘lsa
  • Loyihani ko‘plab jamoalar ishlab chiqayotgan bo‘lsa
  • Har kuni yangilanishlar va CI/CD ishlatilsa
  • Yuqori yuklama (traffic) va global miqyosda foydalanish ko‘zda tutilsa

Misol: foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tish, login qilish, mahsulotlar katalogini ko‘rish va buyurtma berish – bularning har biri alohida xizmat bo‘lishi mumkin.


E’tibordan chetda qolmasligi kerak bo‘lgan jihatlar

Mikroxizmatlar o‘zining murakkabligiga ega. Ular uchun quyidagilar muhim:

  • Service Discovery – xizmatlar bir-birini avtomatik aniqlashi
  • API Gateway – tashqi dunyo bilan yagona interfeys
  • Message brokerlar – Kafka, RabbitMQ kabi vositalar bilan xizmatlararo aloqa
  • Monitoring va observability – har bir servisni alohida kuzatish
  • Distributed tracing – so‘rovlar oqimini tushunish va aniqlash

Xulosa


Microservices — bu katta tizimlarni modulli, boshqariladigan va samarali qilish usuli. Lekin, ularning murakkabligi yuqori, va ularni to‘g‘ri rejalashtirmasdan joriy etish tavsiya etilmaydi.